"Yuventus" rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"Yuventus" qishki transferlar oynasida PSJ hujumchisi Mauro Ikardini sotib olish niyatida.
Turin klubi bu borada parijliklar uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda, bu haqda futbolchining atrofidagilar xabar bermoqda, deya xabar beradi "RMC Sport".
Ma'lumotlarga ko'ra, "Yuve" argentinalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Ijara shartnomasi esa futbolchini majburiy sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi.
28 yoshli hujumchi joriy mavsum parijliklar safida barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunida tugaydi.
"Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375