Xabib Nurmagomedov shaxsiy futbol agentligini yaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov shaxsiy futbol agentligini tashkil etganini e'lon qildi.
“Biz futbol yo'nalishida rivojlanishni xohlaymiz. Klarens Zeedorf bilan birgalikda Rossiyada futbol maktablarini ochishni rejalashtiryapmiz. "Eagles Sport" menejmenti sport klublari uchun konsalting xizmatlarini ko'rsatadi. Bizda hali qilinadigan ishlar etarlicha. Biz futbolchilarni, yosh yigitlarni bolalikdan boshlab futbolga olib kiramiz. 15-16 yoshda kuchli jamoada o'ynamasa hech narsa bo'lmaydi. Biz ularni boshqaramiz, boshqa ligalar bilan shartnoma imzolaymiz, bu BAA, Saudiya Arabistoni, balki Evropa chempionatlari bo'lishi ham mumkin”, - deya Xabib Nurmagomedovning so'zlaridan iqtibos keltiradi “Izvestiya”.
Avvalroq Nurmagomedov “Barselona” klubini Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok eta olmasligi bilan bog'liq vaziyatga izoh bergan edi.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
366