Og'ir atletika. Kumushxondan omad yuz o'girdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Hozirgina kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida -71 kg vaznli ayollar bahsi yakuniga etdi.
Ushbu vaznda Kumushxon Fayzullaeva yurtimiz sharafini himoya qildi.
Vakilamiz ikki kurash natijasiga ko'ra, 228 kg natija qayd etdi. Afsuski, har ikki mashqda omad Kumushxon Fayzullaevadan yuz o'girdi.
Sababi sportchimiz mashqlardagi o'zining so'nggi urinishlarini muvaffaqiyatli bajarganida, mos ravishda oltin va bronza medallarini qo'lga kiritar edi. Lekin bu sport va unda kimdir g'olib bo'ladi, yana kimdir esa mag'lub.
Biroq bir narsa aniqki, deyarli barcha raqibalaridan yosh borasida kichik bo'lgan Kumushxon astoydil harakat qildi va munosib ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344