Yaya Ture jamoasini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Grozniyning “Axmat” klubi saytida Yaya Ture jamoa murabbiylar shtabidan ketgani haqida xabar paydo bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Ture yozda "Axmat" murabbiylar shtabiga kirgan edi. Noyabr oyida ivuarlik Kardiffda A toifasi litsenziyasi uchun tayyorgarlikdan o'tgan.
"Murabbiylik faoliyatida o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan shijoatli mutaxassis mustaqil ishlarga tayyorlanmoqda. Klubimiz Yaya Turening qarorini olqishlaydi. Uning tanlagan yo'lida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ishonchimiz komilki, dunyoning eng yaxshi jamoalarida o'ynagan davr mobaynida orttirilgan tajriba va bilim Turega murabbiylik faoliyatida katta g'alabalarni qo'lga kiritish imkonini beradi", - deyiladi klub bayonotida.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360