ChL qur'asi paytida qiziq holat ro'y berdi. Qur'a qaytadan o'tkaziladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash paytida tashkilotchilar xatoga yo'l qo'yishi oqibatida qiziq holat yuzaga keldi.
“Vilyareal”ga raqib tanlanayotgan paytda, tashkilotchilar xatoga yo'l qo'yib, ehtimoliy raqiblar savatchasiga “MYu”ni qo'shib qo'yishdi. Taqdirni qarangki, Arshavin aynan “MYu” sharigini chiqarib berdi va shu tariqa ushbu xato haqida hamma bilib qoldi. Shariklar ikkinchi marta tortilib, bu safar “Vilyareal”ga raqib sifatida “Manchester Siti” chiqdi.
U ham mayli, keyingi qur'a – “Atletiko”ga qarshi raqiblar tanlanayotganda, “MYu” sharigi ehtimoliy raqiblar savatchasiga solinmadi. Avvalgisida “MYu”ga atalgan sharik bekorga tashlab yuborilgani uchun shu tariqa xatoni to'g'rilashgandir, kim biladi. Rasmda ko'rib turganingizdek, “Atletiko”ga aslida “MYu” emas, “Liverpul” qizartirilishi kerak edi. Ekranda shu holat bo'lgani bilan, savatchaga “MYu” sharigi ham, “Liverpul” sharigi ham solinmadi.
Natijada “Atletiko” – “MYu” juftligi ehtimoli umuman yo'qoldi. Bu texnik xato, aslida butun qur'ani boshqatdan o'tkazishga ham arzirli sabab ham bo'la olardi.

Ha, "Atletiko" allaqachon UEFA bilan qur'adagi xato borasida muzokara olib bormoqda, "Yunayted" ham tushuntirish kutyapti. To'g'rida, ikki jamoa ham bir-biriga tushishning o'rniga "Bavariya" va "PSJ" misolida kuchliroq raqiblarga duch kelishdi. Agar "Zaltsburg" va "Sporting"ni olishganida shunaqa e'tiroz qilisharmidi)
Xullas, ba'zi jurnalistlar, jumladan Palmerining yozishicha, qur'a boshidan o'tkazilishi mumkin.

Bosh sahifaga
348