Norvegiya terma jamoasi sardori "Arsenal"ga ham sardorlik qilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Arsenal" klubi sardori o'zgarishi mumkin. "the Mirror" nashriga ko'ra, Obameyang ortiq jamoa sardori bo'lmaydi.
Uning o'rniga asosiy nomzod sifatida Martin Edegor varianti ko'rilmoqda. U allaqachon Norvegiya terma jamoasida sardorlik tajribasini orttirgan. Shu sabab unga, bu maqom ortiqcha muammo tug'dirmaydi.
Qolaversa, so'nggi "Sautgempton"ga qarshi bahsda uning liderlik xususiyatlari yaqqol namoyon bo'ldi. Nashr, shuningdek, o'sha o'yinda Edergor raqib hujumini vaqtida payqab, jamoadoshlarini himoyaga qaytishga undagani, pressing paytida esa hujumchilarni oldinga da'vat qilganini yozadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350