O'zbekistonlik sportchi PSJ bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov Frantsiyaning PSJ klubi a'zosiga aylandi.
O'z tarkibiga mashhur dzyudochilarni jamlagan Parij klubi Evropa Ligasida ishtirok etadi. PSJ rahbariyati Bobonovni ham o'z safiga qo'shib oldi. Hamyurtimiz klublar o'rtasidagi Evropa Ligasida Frantsiya jamoasi sharafini himoya qiladi va tabiiyki, bu bilan o'z tajribasini yanada oshirib boradi.
PSJ tarkibida afsonaviy Teddi Riner, shuningdek yaqindagina Abu-Dabi “Katta Dubulg'a” turnirida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan moldovalik Denis Vieru, Alfa Djalo singari dzyudochilar bor.
O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Manba: https://t.me/judouzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364