Sen bo'lmasang, boshqasi! "Roma" "MYu" futbolchisi o'rniga muqobil variant topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Manchester Yunayted" futbolchisi Diego Dalotga "Roma" qiziqish bildirayotgan edi. Xabarlarga ko'ra, Joze Mourino sobiq shogirdini o'z jamoasiga jalb etmoqchi bo'lgan.
Ammo Ralf Rangnik o'z o'yinchisini sotishni o'ylamayapti. Shu sabab "Roma" boshqa variant topishga majbur. Ta'kidlanishicha, rimliklar APLning yana bir jamoasi "Norvich"dan futbolchi xarid qilishi mumkin.
Maks Eronz Rimga yo'l oladi. 21 yoshli himoyachi hozirda 22 million evroga baholangan. U APLda yiliga 4 million funt ishlab topadi. "Roma" ushbu narxga ko'nsa, o'z maqsadiga etishi mumkin.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358