Belotti "Torino"dan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104
33
“Torino” hujumchisi Andrea Belotti kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin. Futbolchi turinliklar bilan 2022 yilning iyunida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bu haqda “Torino” prezidenti Urbano Kairo ma'lum qildi.
“Men uning shartnomasini uzaytirish uchun katta imkoniyatni ko'rmayapman, voqealar rivoji qanday kechishini ko'ramiz”, dedi Kairo Italiya matbuotiga.
Oldinroq, Belotti xizmatlariga “Milan”, “Arsenal”, “Vest Xem” va “Zenit” qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374