Benzema ajoyib sermahsullik qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

“Real” hujum chizig'i etakchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatida navbatdagi goliga mualliflik qildi. Frantsiyalik hujumchi kechagi derbida “Atletiko” darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv “qaymoqranglilar”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
“Mister Chip” nashrining xabariga ko'ra, 33 yoshli hujumchi joriy kalendar yilida 45 ta gol urdi va eng yaxshi 5 ta to'purarlar qatoridan joy oldi. Krishtianu Ronaldu, Erling Xoland, Kilian Mbappe va Robert Levandovski undan ko'proq gol urishdi.
Ispaniya chempionati joriy mavsumida Benzema o'tkazilgan 16 uchrashuvda 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373