Messidan dahshatli natija
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Frantsiya chempionatining 18-turidan o'rin olgan uchrashuvda poytaxt jamoasi PSJ jamoasi o'z maydonida “Monako”ni qabul qildi. Mezbonlar 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Parijliklar safida har ikkala golga hujumchi Kilian Mbappe mualliflik qildi.
PSJning 34 yoshli argentinalik hujumchisi Lionel Messi 90 daqiqani maydonda o'tkazib, raqib darvozasiga bir bor ham zarba bera olmadi. Eslatib o'tamiz, etti karra “Oltin to'p” sohibi Liga 1 musobaqasidagi golsiz seriyasini ketma-ket to'rtta o'yinga etkazdi. U 10 ta o'yinda darvozaga 39 ta zarba yo'llagan va bitta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Leo o'tgan yozda parijliklar safiga kelib, ikki yillik shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
371