"Tottenxem" futbolchilari jamoaviy mashg'ulotlarga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

"Tottenxem" jamoasi yana mashg'ulotlarga qaytdi. Daily Mail nashri xabariga ko'ra, Antonio Konte o'z futbolchilarini yana mashg'ulotlarga qaytargan.
Mutaxassis ortiq vaqt ketkazishni istamayapti. APL hamda mamlakat sog'liqni saqlash agentligi "shporlar"ning yana mashg'ulot o'tkazishiga ruxsat bergan.
Ammo klub ichida hali cheklovlar amal qiladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, yana bir nafar jamoa a'zosi virusga chalingan.
Shunga qaramay, Konte "Lester" bilan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordi. Avvalroq jamoaning "Brayton" hamda "Renn"ga qarshi uchrashuvlari qoldirilgan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350