“Manchester Yunayted” “Barselona” iqtidorini sotib olishni mo'ljallamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Kataloniyaning “Barselona” klubining iste'dodi yarimhimoyachisi Gaviga bir vaqtning o'zida bir nechta ingliz gigantlari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri “Manchester Yunayted”. “Fichajes” nashri xabariga ko'ra, “qizil iblislar” futbolchi uchun “Liverpul” va Londonning “Chelsi” klublari bilan raqobatlashish niyatida.
Eslatib o'tamiz, 17 yoshli yarimhimoyachining tovon puli amaldagi shartnomasida 50 million evroni tashkil qiladi. “Manchester Yunayted” yarimhimoyachini “ko'k-anorranglilar” bilan yangi shartnoma imzolashdan oldin xarid qilishga harakat qilib ko'radi. Sababi, “Barselona” tovon puli miqdorini bir milliard evrogacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Gavi joriy mavsum La Ligada 14 o'yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
363