Antonio Konte jamoasiga Italiyadan futbolchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"Tottenxem" Italiya chempionatidan futbolchi xarid qiladi. So'nggi xabarlarga ko'ra, "shporlar" yanvarda "Torino" himoyachisi Bremerga qiziqish bildirgan.
24 yoshli braziliyalik futbolchi 2018 yilda "Atletiko M"(Braziliya) jamoasidan 5,2 million funtga xarid qilingan edi. Bremer hozirda jamoasining asosiy futbolchisi sanaladi.
Uning amaldagi shartnomasi 2022-23 yilgi mavsumda yakunlanadi. Antonio Konte esa "Tottenxem" himoyasini Bremer bilan mustahkamlashni niyat qilgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369