Ibrahimovich: «Zo'rligimni isbotlash uchun «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishim shart emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich «Oltin to'p» sovriniga muhtoj emasligini aytib o'tdi.
«Uzoq yillardan beri futbol o'ynayotganimning siri nimada? Bu mentalitet. Men qanday o'ynasam, shunday shug'ullanaman. Har bir kun — men uchun final. "Milan"ga ikkinchi marta qaytganimda men uchun qiyin bo'lgandi, ammo biz jamoa tuza oldik. Ajoyib muhitni yuzaga keltirdik.
«Oltin to'p» — a'lo darajadagi sovrin, ammo zo'rligimni isbotlash uchun uni qo'lga kiritishim shart emas», — dedi Ibrahimovich.
40 yoshli Ibrahimovich joriy mavsumda A seriya doirasida 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373