Chili terma jamoasi hujumchisi uchun yana bir xaridor paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Lids" klubi Chempionshipdan futbolchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, Marselo Belsa "Blekbern" klubi hujumchisi Ben Brereton Diasga qiziqib qolgan.
22 yoshli futbolchi hozirga qadar o'z jamoasida 111 marta maydonda harakat qilgan va 36ta gollarda bevosita qatnashgan. U 2018 yilda "Nottingem"dan xarid qilingan edi. Chili terma jamoasi a'zosi taxminan 25 million funtga baholanishi mumkin.
Avvalroq unga "Brayton" jamoasi ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Ispaniya giganti "Sevilya" ham da'vogarlar safida e'tirof etilgan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372