Ikardi ijara asosida «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Ma'lum bo'lishicha, PSJ hujumchisi Mauro Ikardi «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Pedro Almeyda tvitterda klublar kelishuv shartlari bo'yicha deyarli kelishuvga erishganini yozdi. Manbaga ko'ra, bitim keyin sotib olish optsiyasi bilan olti oylik ijara asosida amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ikardi Parijda qolayotganidan norozi ekani, shu bois u vaziyatni imkon qadar tezroq o'zgartirishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda 28 yoshli argentinalik futbolchi PSJ safida barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343