Mbappe PSJ tarkibidagi yubiley golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

«Monako» darvozasiga dubl qayd etgan Kilian Mbappe Frantsiya chempionatidagi 100-golini urdi. E'tiborlisi, 22 yoshli hujumchi Parij klubi tarixida ushbu natijani qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Undan oldin faqat Edinson Kavani va Zlatan Ibragimovich o'z yubiley gollarini urishga erishgan. Urugvaylik futbolchi 138 ta gol urishni uddalagan bo'lsa, shved 113 marta raqib kiperlarini xafa qilishni uddalagan.
Ma'lmot o'rnida, Mbappe joriy mavsum PSJ safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol va 8 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351