«Bavariya» etakchisi jamoada qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Germaniyaning nufuzli nashrining ta'kidlashicha, Kingsli Koman «Bavariya»ni tark etmaydi. Futbolchi faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda va yangi myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi.
25 yoshli futbolchining amaldagi kelishuviga ko'ra, yana bir yarim yil davomida «nemis mashinasi» tarkibida o'ynaydi. Ma'lum bo'lishicha, «Bavariya» rahbariyati Komanning maoshini sezilarli darajada oshirishini aytishgan. Ular yozgacha shartnoma borasida kelishib olishga harakat qilishadi.
Frantsiyalik futbolchi 2015 yildan beri Myunxenning «Bavariya» klubida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsumda to'rtta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343