Marsyal Frantsiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Kuni kecha «Manchester Yunayted» hujumchisining Antoni Marsyalning agenti futbolchi qishda jamoani tark etish istagi haqida gapirdi. Uning aytishicha, frantsuz o'zining jamoadagi holatidan juda norozi.
«Barselona» yoki «Yuventus»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar darhol paydo bo'la boshladi, biroq futbolchi uchun kurashga Liga 1 vakillari ham qo'shildi. RMC Sport nashri xabariga ko'ra, uning xizmatlariga PSJ va «Lion» qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Marsyalning o'zi vataniga qaytishga qarshi emas va «Yunayted» potentsial xaridorlarning takliflarini tinglashga tayyor. Bitim 35 million evroga baholanmoqda. Aytgancha, o'z vaqtida mankunianliklar Antoni uchun ikki barobar ko'p pul to'lagan.

Bosh sahifaga
346