La Liga. «Betis» o'z maydonida «Real Sosedad»ni tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan uchrashuvda «Betis» o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
Andalusiya klubiga g'alabani Aleks Morenoning dubli, shuningdek, Xuanmi Ximenes va Nabil Fekirning gollari keltirdi.
Shu bilan 33 ochko to'plagan «Betis» La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. «Real Sosedad» 29 ochko bilan beshinchi o'rinda qoldi.
"Betis" – "Real Sosedad" - 4:0 (1:0)
Gollar: Moreno, 14 - 1:0, Xuanmi, 57 - 2:0, Fekir, 66 - 3:0, Moreno, 79 - 4:0
"Betis": Ruy Silva, Belerin, Ruis, Bartra, Moreno (Miranda, 83), Guardado (Vilyam Karvalyu, 66), Kanales, Rodriges (Akuoku, 83), Xuanmi, Villian Joze, Fekir (Telo, 83).
"Real Sosedad": Remiro, Saldua (Gorosabel, 62), Elustondo, Le Norman, Munos, Subeldiya (Turrientes, 74), Subimendi, Portu (Yanuzay, 62), Isak (Serlot, 74), Oyarsabal, Barrenechea (Navarro, 74).

Bosh sahifaga
364