Olive Bonnes «Qo'qon-1912»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 890

Xabaringiz bor, "Qo'qon-1912" futbol klubi yaqinda Frantsiyaning "Nant" jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi bilan shartnoma imzolagan edi.
Olive Bonnes bilan tuzilgan shartnoma kecha har ikki tomonning kelishuviga asosan bekor qilindi. Bunga sabab futbolchining oilaviy sharoitlaridan kelib chiqib, vataniga qaytishi lozimligi bo'ldi.
Olive Bonnes O'zbekistonga kelishidan bir necha kun oldin uning otasi vafot etgan edi. Bu holat futbolchining ruhiy holatiga qattiq ta'sir qilgan. Bonnes shunday og'ir kunda onasini yolg'iz qoldirib kelganligidan afsusda bo'ldi. Musulmon oila farzandi bo'lgan futbolchi oilasiga qaytish istagini bildirdi.
"Qo'qon-1912" futbol klubi murabbiylar shtabi futbolchilarning insoniylik faktorlarini birinchi o'ringa qo'yadi.
Jamoamiz rahbariyati Frantsiyalik futbolchini to'g'ri tushungan holda o'rtadagi shartnomani bekor qildi. Olive Bonnes bugun erta tongda Parijga uchib ketdi.

Bosh sahifaga
223