«MYu»da koronavirus tarqalmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

«Manchester Yunayted»da koronavirus bilan bog'liq holatlar uchradi deya xabarlar tarqalmoqda.
Shu sababdan yakshanba kungi mashg'ulotlar ko'ngildagidek o'tmagan. Bir necha futbolchi va klub xodimlarida koronavirus aniqlandi. Testi ijobiy chiqqan xodimlar mashg'ulotdan oldin uylariga jo'natilgan.
Ma'lumki, «Norvich» bilan safar uchrashuviga borgan futbolchilarda bu holat kuzatilmagan. Qayd etilishicha, APL rahbariyati «Manchester Yunayted»dagi vaziyatdan xabardor.
Endi «Manchester Yunayted» seshanba kuni «Brentford» bilan o'ynaydimi yoki yo'q, hozircha hech qanday ma'lumot keltirilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359