Italiya klublari "Penyarol" futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

"Penyarol" hujumchisi Agustin Alvares Italiyaning bir qator klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi. Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, 20 yoshli urugvaylik futbolchiga "Inter", "Milan" va "Fiorentina" da'vogarlik qilmoqda.
Alvares "Penyarol" tarbiyalanuvchisi bo'lib, jamoa safida 70 o'yinda maydonga tushib, 33 gol va 9 golga assistentlik qilgan. Shuningdek, hujumchi Urugvay terma jamoasi safida 4 ta o'yinda 1 ta gol urdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 4,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366