"Lester" klubi qishki transferlar oynasida faol bo'lmaydi. Sababi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
"Lester" ustozi Brenden Rojers qishki transferlar oynasida jamoasining holati qanday bo'lishi haqida gapirdi:
"Ochig'ini aytsam, bizda u paytda sarflash uchun etarlicha mablag' bo'lishiga ishonchim komil emas. Bunday paytlarda siz o'zingizda bor narsalardan foydalanishingiz kerak bo'ladi. Men ham shunday qilmoqchiman. Bizda yana tarkib bilan bog'liq muammolar bor. Jeyms Jastin hamda Uesley Fofanalar jarohatda. Ularning qaytishi yanvar oyiga mo'ljallangan. Ungacha esa, kutish va oldimizdagi o'yinlar haqida o'ylashga majburmiz".
Eslatib o'tamiz, "Lester" bugun o'z maydonida liga autsayderi "Nyukasl"ni qabul qiladi.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347