Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi: "Arteta "Arsenal"ida Obameyangning kelajagi yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Sobiq Angliya terma jamoasi hujumchisi Kris Satton "Arsenal" futbolchisi Obameyang haqida fikr bildirdi. U "Mirror" nashriga shunday deydi:
"Arteta qo'l-ostidagi "Arsenal"da Obameyangning kelajagi borligi katta so'roq ostida turibdi. Menga bunday tuyulmayapti. Chunki u bilan yaxshi holat yuz bermayapti. Mikel Arteta shu erda ekan, uning yana yuqori darajaga chiqishiga ko'zim etmayapti. Har ikki tomonda ham qandaydir muammo bordek tuyuladi. Shaxsan menga, Obameyangning masalasi qanday hal etilishi juda ham qiziq".
Eslatib o'tamiz, kecha gabonlik hujumchi "tartib-intizom qoidalari" sabab "Sautgempton"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan edi. U bilan bunday holat o'tgan mavsumda ham yuz bergan.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350