«Real» hujumchisi A seriya grandiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Madridda Luka Yovichdan ko'p narsa kutilgan edi, ammo serbiyalik hujumchi «Real»da yaxshi o'ynay olmadi. 42 o'yinda 3 gol bu hujumchi uchun juda yomon ko'rsatkich, buning uchun «qaymoqranglilar» ikki yildan ortiq yil oldin «Ayntraxt»ga 60 million evrodan ko'proq pul to'lagandi.
Mish-mishlarga ko'ra, «Real» sotishga tayyor bo'lgan futbolchilar ro'yxatida Luka Yovich ham bor. Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «Milan» mavsum oxirida 23 yoshli serbni qo'lga kiritishga umid qilmoqda.
Aytish joizki, so'nggi ikki yarim yil ichida Luka Yovichning taxminiy qiymati transfermarkt portali xabariga ko'ra, 60 million evrodan 20 million evroga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
400