Ederson «Manchester Siti» tarkibida ajoyib natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib bordi. Xosep Gvardiola shogirdlari 1:0 hisobidagi g'alabani nishonlashdi. Yagona golni Rahim Sterling tomonidan penaltidan kiritildi.
Manchester klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, bu o'yin darvozabon Ederson Moraes uchun «shaharliklar» tarkibidagi yuzinchi quruq uchrashuv bo'ldi.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda APLning 15 o'yinida 9 ta gol o'tkazib yubordi.
Kechagi muvaffaqiyat evaziga Gvardiola jamoasi APL turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. «Siti» ikkinchi o'rindagi «Liverpul»dan bir ochko oldinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
393