«Manchester Siti» «Liverpul»ning rekordini takrorlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Shanba kuni «Manchester Siti» o'z maydonida «Vulverxempton»ni Rahim Sterlingning penaltidan urgan goli evaziga mag'lub etdi. «Shaharliklar» uchun bu g'alaba 2021 kalendar yilida Premer-ligadagi 32-g'alaba bo'ldi. Bir yil ichida Angliya oliy divizionida eng ko'p g'alaba faqat «Liverpul» tomonidan qo'lga kiritilgan - 33 ta (1982 yilda).
«Liverpul»ning rekordidan o'tish uchun «Manchester Siti» 2021 yilgi qolgan o'yinlarning kamida ikkitasida g'alaba qozonishi kerak. Dekabr oyi oxirigacha Xosep Gvardiola jamoasi «Lids», «Nyukasl», «Lester» va «Brentford» bilan kuch sinashadi.
Ayni damda aynan «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287