"Lion" Azmun uchun qancha bermoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Frantsiyaning "Lion" jamoasi "Zenit"ning eronlik hujumchisi Serdar Azmun bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
"L'Equipe" gazetasining ma'lum qilishicha, frantsuz klubi bosh murabbiyi Peter Bos uchun Azmun qishdagi asosiy transfer nishoni bo'lib turibdi. Klub "Zenit" transferni faollashtirish uchun 3 million evro taklif qiladi, deya qo'shimcha qilingan.
Serdar va "Lion" o'rtasidagi shartnoma to'rt yarim yilga imzolanadi. Uning Sankt-Peterburg klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Forvard joriy mavsum 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286