Ronaldu Premer-ligadagi gollari borasida Sulsherga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 16-turida “Norvich”ga qarshi o'yinda (1:0) yagona gol muallifi bo'ldi.
Portugaliyalik futbolchi APLdagi 91-golini urdi va Ole-Gunnar Sulsherni ortda qoldirdi.
Sulsher 1996 yildan 2007 yilgacha "Manchester Yunayted"da o'ynagan. Norvegiyalik futbolchi 2018 yilning dekabridan 2021 yilning noyabrigacha “qizil iblislar” bosh murabbiyi sifatida ishlagan, shundan so'ng Ralf Rangnik jamoani qabul qilib olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287