Braziliya terma jamoasi a'zosi tez orada yana Evropaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
46
"Gremio" safida harakat qilayotgan Duglas Kosta katta ehtimol bilan yanvarda klubni tark etadi.
"El Demasque"ning ma'lum qilishicha, "Gremio" safida harakat qilayotgan asli "Yuventus"ga tegishli bo'lgan futbolchi qishda yana Evropaga qaytadi. Turinliklar uni o'z tarkibida ko'rishni xohlamaydi, shu sabab, Kostani kelayotgan transfer oynasida kichikroq summaga bo'lsa ham sotib yubormoqchi.
Bu vaziyatni Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya qo'shimcha qilgan manba.
Joriy mavsum Kosta Braziliya klubi safida 28 o'yin o'tkazib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288