De Xea Lindelyof bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"Kerrou Roud" stadionida APL 16-turidan o'rin olgan "Norvich" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yinda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona golni Krishtianu Ronaldu penaltidan kiritdi.
Bahsning ikkinchi bo'limida "MYu"ning shvetsiyalik himoyachisi Viktor Lindelyof nafas olishdagi muammolar tufayli almashtirildi.
Jamoa darvozaboni David De Xea o'yindan so'ng bu holat Evro-2020da Kristian Eriksen bilan sodir bo'lgan voqeani eslatganini aytdi.
"Biz allaqachon bunday vaziyatlarni Eriksen va Aguero bilan ko'rganmiz. Albatta, futbolchining maydonda ahvoli yomonlashishini ko'rish qo'rqinchili holat. Umid qilamanki, Lindelyof bilan barchasi yaxshi bo'ladi. Bunday vaziyatlarda asosiysi salomatlik va xavfsizlikdir", - dedi kiper "Sky Sports" telekanaliga.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
286