Ronaldu «Norvich» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

«Manchester Yunayted» shanba oqshomida «Norvich» ustidan g'alaba qozondi. Yagona golni Krishtianu Ronaldu tomonidan penaltidan kiritildi. O'yindan so'ng portugaliyalik o'zining Instagram sahifasida uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«To'g'ri yo'nalishdagi yana bir qadam. Biz nima istayotganimizni va bunga erishish uchun nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Hamma narsa o'zimizga bog'liq! Yaxshi yigitlar! Oldinga, iblislar!» - deb yozdi Ronaldu.
«Manchester Yunayted» navbatdagi o'yinini 14 dekabr, seshanba kuni o'tkazadi. Angliya chempionatining o'n ettinchi turida Ralf Rangnik shogirdlari «Brentford» mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
313