Ikardining agenti «Yuventus» rahbariyati bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

PSJ hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi va agenti Vanda Nara shu hafta «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli bilan uchrashdi. Footmercato xabariga ko'ra, uchrashuv chog'ida Ikardini qishki transfer oynasida ijaraga olish varianti muhokama qilingan.
Mauro Ikardining PSJdagi imkoniyatlari cheklangan, chunki parijliklar tarkibida hujum chizig'ida etarlicha yuqori darajadagi o'yinchilar bor. 2021/2022 yilgi mavsumda Ikardi Liga 1 va Chempionlar ligasi o'yinlarida o'rtacha 41 daqiqani maydonda o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi «Inter» sharafini himoya qilyotgan paytda ham «Yuventus» va Mauro Ikardi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307