Nagelsmann Bundesliga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Shanba oqshomida «Bavariya» o'z maydonida «Maynts»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Yulian Nagelsmann uchun bu g'alaba Bundesligadagi murabbiylik faoliyatidagi 100-g'alaba bo'ldi.
Opta nashri xabariga ko'ra, Yulian Nagelsmann Bundesligada 100 ta g'alaba qozongan eng yosh murabbiy hisoblanadi. «Bavariya» boshqaruvchisi 34 yoshu 141 kunligida 100 lik dovonga etdi.
Avvalroq Bundesligada 100 ta g'alaba qozongan eng yosh murabbiy Erich Ribbek (38 yoshu 147 kun) bo'lgandi.
Qizig'i, Yulian Nagelsmanning Bundesligadagi 1 va 100-g'alabalari «Maynts»ga qarshi bo'lgan.
Shanba kuni yakuniga ko'ra, Germaniya chempionati turnir jadvalida «Bavariya» va «Borussiya D» o'rtasidagi farq 6 ochkoga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308