APL. "MYu" Rangnik qo'l ostida ketma-ket ikkinchi g'alabaga erishdi. Bu safar Ronaldu qutqaruvchi rolida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi 16-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Norvich"ni mag'lub etdi. "Karrou Road" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "qizil iblislar" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol 75-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi. Futbolchi penaltidan unumli foydalandi.
Angliya chempionati, 17-tur
"Norvich" – "Manchester Yunayted" – 0:1
Gol: Krishtianu Ronaldu, 75 - penaltidan (0:1)
Norvich – Krul, Plaxeta (Kantuell, 70), Yannulis, Xenli (Lungi Serensen, 21), Ozan Kabak, Aarons, Maklin, Gilmor, Rupp (Le Melu, 76), Pukki, Sadjent
Manchester Yunayted – de Xea, Aleks Telles, Maguayr, Lindelef (Bayi, 77), Dalot, Fred, Maktominay, Sancho (Grinvud, 67), Brunu Fernandesh (van de Bek, 88), Reshford, Krishtianu Ronaldu
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
312