A Seriya. "Yuventus" mehmonda "Venetsiya"ni enga olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Italiya chempionati 17-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Venetsiya" o'z maydonida "Yuventus"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
32-daqiqada turinliklar Alvaro Morataning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida mezbonlar safida Matteo Aramu hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. Yakunda natija boshqa o'zgarmadi – 1:1.
Italiya chempionati, 16-tur
"Venetsiya" – "Yuventus" – 1:1
Gollar – Morata, 32 (0:1). Aramu, 55 (1:1)
Venetsiya – Romero, Modolo, Ebuexi (Matstsokki, 79), Kaldara, Ampadu (Tessmann, 64), Xaps, Aramu, Buzio, Chrnigoy (Perets, 79), Anri (Forte, 79), Yonsen (Kiyen, 57)
Yuventus – Shensnii, De Shilo, de Ligt, Pellegrini (Aleks Sandru, 76), Bonuchchi, Rabo, Lokatelli (Soule, 87), Morata, Dibala (Kin, 76), Kuadrado, Bernardeski (Bentankur, 76)
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
310