APL. "Manchester Siti" penaltidan urilgan gol evaziga "Vulverxempton" ustidan g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Angliya chempionatida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Bir oz avval "Manchester Siti" va "Vulverxempton" o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi yagona gol ikkinchi bo'limning 66-daqiqasida Raxim Sterling tomonidan penaltidan kiritildi. O'yin yakunigacha ushbu hisob o'zgarmadi – 1:0.
Yana bir ma'lumotni qayd etish joiz, birinchi bo'limning yakunida "bo'rilar" safida Raul Ximenes qizil kartochka olgan edi.
Ushbu g'alabadan so'ng "shaharliklar" hisobidagi ochkoni 38 taga etkazib oldi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. "Vulverxempton" 21 ochko bilan 16-o'rinda.
Angliya chempionati, 16-tur
"Manchester Siti" – "Vulverxempton" – 1:0
Gol: 66 - Sterling (1:0 - penaltidan)
Manchester Siti – Ederson, Zinchenko, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Bernardu Silva, Ernandes, Gyundogan (Foden, 56), Sterling, Gabriel Jezus, Grilish (De Breyne, 73)
Vulverxempton – Joze Sa, Saiss, Koadi, Kilman, Ait Nuri, Joau Moutinyu, Ruben Nevesh (Trinkan, 82), Dendonker (Podense, 86), Semedu, Ximenes, Traore (Xvan Xi Chxan, 67)
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
242