Manba: Azmun «Lion» bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Eronlik hujumchi Serdar Azmun Sankt-Peterburgning «Zenit» klubini tark etishga yaqin turibdi. Jurnalist Fabritsio Romano o'zining tvitter sahifasida ma'lum qilganidek, hujumchi faoliyatini «Lion»da davom ettiradi.
Futbolchi allaqachon frantsuz klubi bilan muzokaralar olib borgan va hamkorlik tafsilotlarini kelishib olgan. Tez orada tomonlar 2026 yilgacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kerak.
«Lion» RPL chempioni bilan tovon puli borasida kelishib olishi kerak. Agar tomonlar rozi bo'lsa, kelishuv yanvar oyida yakunlanadi. Agar kelishmovchilik bo'lsa, frantsuzlar yozgacha, Serdar erkin agentga aylanguncha kutishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253