"Myunxengladbax" o'z futbolchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Bundesliga jamoasi "Myunxengladbax" o'z futbolchisini ortiq ushlab o'tirmoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, klub qishda Denis Zakaria uchun takliflarni eshitishga tayyor bo'ladi.
Jamoa sport direkori Maks Eberl bu haqida shunday degan edi: "Agarda Zakaria yoki klubdagi istalgan futbolchi ketish niyatida bo'lsa, bizga bu haqida aytsin. Biz esa uning masalasini ijobiy hal qilamiz. Jamoadan ketishni istayotgan futbolchi bilan kurashish foydasiz. Bunday qilmagan ma'qul".
Ta'kidlanishicha, "Liverpul" ushbu futbolchi uchun eng katta da'vogar. U uchun mersisaydliklar 12 million evro taklif qiladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246