"Arsenal" "PSJ" zaxira futbolchisiga aylanib qolgan yulduzni o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Pari Sen-Jermen"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Angliyaning "The Sun" nashri ma'lum qilishicha, "kanonirlar" rahbariyati hozirda "PSJ"ga futbolchini yanvar oyida ijaraga olish borasida taklif yuborishga tayyorlanioqda.
Avvalroq, o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'layotgan Veynaldum qishki transfer oynasidayoq frantsuz grandini tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqan edi.
Joriy mavsum 31 yoshli yarim himoyachi Frantsiya chempionatining 14 o'yinda ishtirok etib, 1 gol urdi va yana shuncha golga assistentlikni amalga oshirdi.
Manba: The SunFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242