«Liverpul» «Barselona» futbolchisi uchun harakatni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170
33
«Liverpul» «Barselona» yarimhimoyachisi Gavini sotib olishga harakat qilmoqda. Mersisaydliklar yarimhimoyachining shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'liq to'lashga tayyor. Bu haqda Ispaniyaning «El Nacional» nashri xabar bermoqda.
Gavi va «Barsa» o'rtasidagi kelishuvdagi tovon puli 50 million evroga teng. Tomonlar hali yangi shartnoma imzolashmagan, bunda futbolchi uchun tovon puli sezilarli darajada oshiriladi.
Joriy mavsumda Gavi kataloniyaliklar safida 20 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327