Florentino Peres "Real" uchun asr transferi kimligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning agenti Volter Shtrut Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bilan bo'lgan muloqoti haqida gapirdi.
"Pandemiyadan sal oldin Florentino meni tushlikka taklif qildi. Keyin u menga Kroosning transferini "Real" uchun asr kelishuvi deb bilishini aytdi. Pul va narx jihatidan unga teng keladigani yo'q", - dedi Shtrut "Marca" nashriga.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilda "Real" "Bavariya"dan germaniyalik futbolchini 25 million evroga sotib olgandi.
O'shandan beri Kroos "qaymoqranglilar" tarkibida 334 ta o'yinda 25 ta gol urdi va 82 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328