«Yuventus» yanvarda Vlahovich transferini amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati «Fiorentina»ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovichning transferi borasidagi muzokaralar boshlash niyatida. «Todofichajes» nashrining so'zlariga ko'ra, «keksa sinora» yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida shartnomani yakunlashni istamoqda.
O'z navbatida, 21 yoshli to'purar, OAVning yozishicha, «Yuventus»ga o'tishni afzal ko'rmoqda. Potentsial transfer summasi 65-75 million evroga baholanmoqda.
Dushanning xizmatlariga Tumanli Albion klublari ham qiziqish bildirmoqda. Manchesterning top-klublari serbga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Forvard joriy A seriya joriy mavsumida 13 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328