"Yuventus" yarim himoyachisi yanvarda klubdan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Yuventus" yarim himoyachisi Arturning agenti Federiko Pastorello futbolchi qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkinligini aytdi.
“Bunday saviyadagi futbolchini zaxirada ushlab turish ahmoqlik. Yanvar oyida nimadir yuz berishi mumkinligini istisno qilmayman. Bizga Ispaniya, Angliya va Italiya chempionatlari klublari qiziqish bildirmoqda”, - deya Pastorelloning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, Artur "keksa sinora" safiga 2020 yilda kelib qo'shilgan. Joriy mavsum futbolchi A Seriyaning 8 o'yinida maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340