"Chelsi" ustozi "Lids"ga qarshi bahs oldidan yo'qotishlar haqida aytib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Chelsi" ustozi Tomas Tuxel "Lids Yunayted"ga qarshi bahs oldidan jamoa o'yinchilari haqida to'xtalib o'tdi. U bu haqda shunday deydi:
"Trevo Chaloba jamoada emas. Mateo Kovachich ham. Shuningdek, biz Kante va Chilvelldan ham foydalana olmaymiz. Ularning hammasi o'zlarini yomon his qilishgan. Bizda eng katta yo'qotish bu Kantening yo'qligi. Biz bundan har doim tashvishlanganmiz. Chunki usiz o'yinimiz o'zimiz kutganidek bo'lmaydi. U jahonda sanoqli futbolchilardan bittasidir. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim. Ammmo siz ikkinchisi N'Goloni hech qaerdan topa olmaysiz".
Eslatib o'tamiz, jamoa "Zenit"ga qarshi bahsda Jorjino hamda Loftus-Chikdan foydalana olmagan edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333