"MYu"ning ikki nafar futbolchisi uchun takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Manchester Yunayted" klubining ikki nafar futbolchisi Amad Diallo va Jessi Lingard qishda o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, Diallo uchun Niderlandiyaning "PSV" klubidan taklif bor. "Qizil iblislar" katta ehtimol bilan qishda uni ijaraga berib yuboradi.
Shuningdek, Jessi Lingard faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin. "Qarg'alar" bir necha oydan buyon "Yunayted" zaxirasida qolib ketayotgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ammo hozircha muzokaralar boshlanmagan.
2021/22 yilgi mavsumda 28 yoshli Lingard APLning 8 o'yinida maydonga tushib, 2 gol urdi. 19 yoshli Diallo esa 2 o'yinda 2 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
Manba: Fabrizio RomanoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330