"Barselona" "Real Sosedad" forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Barselona" jamoasi hujum chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini izlashda davom etmoqda.
Sobiq kataloniyalik murabbiy Ronald Kumanning do'sti sifatida tanilgan Luis Kanutening so'zlariga ko'ra, belgiyalik "Real Sosedad" vingeri Adnan Yanuzay varianti "ko'k-anorranglilar" rahbariyati tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Uning basklar klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Barsa" uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olish ustida ishlaydi. Shuningdek, jamoa uni yanvar oyida minimal to'lov evaziga sotib olishi ham mumkin.
Bu mavsumda Yanuzay La Ligada 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327