Azar nima uchun "Real"dan ketishni istamayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Madridning “Real” klubi belgiyalik yarim himoyachi Eden Azardan qutulmoqchi, deya xabar beradi "AS" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, "qirollik klubi" Eden uchun kelgan har bir taklifini o'rganib chiqadi. Klub belgiyalik futbolchi endi "Chelsi"da ko'rsatgan darajasini qaytara olmasligini tushunadi.
Qayd etilishicha, futbolchi “qaymoqranglilar” safida soliqlardan tashqari 30 million evro ishlab topadi va Garet Beyl bilan birgalikda jamoada eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi. Azarning yuqori maoshi potentsial xaridorlar uchun asosiy muammo hisoblanadi.
"Madrid" belgiyalik futbolchini yanvardagi transfer oynasida hech bo'lmaganda ijaraga berishga umid qilmoqda.
Biroq, bu erda ham muammo bor, chunki Azarning o'zi qishda jamoa almashtirishni istamaydi. Tez orada uning oilasida beshinchi farzandi dunyoga keladi va futbolchi bu voqea Ispaniyada bo'lishini istaydi.
Manba: Soccernews.ru
Bosh sahifaga
330